Ronaldu yillik shartli qamoq jazosi oladi va 19 mln. evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2018, 18:45
Ispaniya sudi mamlakat soliq qonunchiligini buzgan hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun qarorni tez orada e'lon qiladi.

Yozda "Real"dan "Yuventus"ga o'tgan portugaliyalik 19 mln. evro jarima to'laydi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi bu jarimaning 13,5 mln. evrosini ispan soliq xizmati hisob raqamiga o'tkazib bo'lgan.

Bundan tashqari, Ronaldu 2 yillik qamoq jazosiga hukm etiladi. Bu jazo shartli sanalishi uchun maksimal muddat.

Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, agar avval sudlanmagan shaxs ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm etilsa, bu shartli jazo sanalishi mumkin.

Oldinroq, Ronaldu 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganligini tan olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters