Ronaldu ovoz berishda ishtirok etmadi. Uning o'rniga kim kimga ovoz berdi?

Khoja
16 yanv 2024, 08:38
“Al Nassr” sardori Krishtianu Ronaldu FIFAning eng yaxshilariga ovoz berishda ishtirok etmadi.

Uning o'rniga Portugaliya terma jamoasidan Pepe o'z ovozini bergan. 39 yoshli himoyachi yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Man Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvani tan olgan. Undan keyingi o'rinlarga Erling Xoland va Viktor Osimxen joy olishgan.

Eslatib o'tamiz, FIFAning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi tan olindi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com