Ronaldu Madeyradagi yong'inda jabrlanganlarga moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyor

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 10:16
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning takidlashicha, u Atlantika okeanidagi Madeyra orolida yong'indan jabrlanganlarga yordam ko'rsatadi.

Yong'in Ronaldu tug'ilgan shahar Funshaluga juda yaqin keldi.

Futbolchi bu borada viloyat prezidentii Migel Albukerke bilan suhbatlashdi va moliyaviy yordam taklif qildi. Portugaliyalik qancha mablag' ajratishi noma'lum.

"Madeyrada sodir bo'layotgan voqealardan xafaman. Barchaga iroda tilayman va boshqalarni qutqarish uchun o'z jonini xavfga qo'yayotgan o't o'chiruvchilarga rahmat. Men sizlar bilanman!" - deb yozadi Ronaldu "Instagram"dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com