

O'tgan mavsum oxirida MYU kiyinish xonasidagi atmosfer juda yomonligi haqida ma'lum qilingan edi. Rahbariyat joriy mavsumda hammasini o'zgartirdi.
Ronaldu hikoyasi bu o'zgarishda katta rol o'ynadi. Ma'lumotlarga ko'ra, jamoadagilar Erik ten Xagning Krishtianuga nisbatan qo'llagan jazolaridan hayratlanishgan. 37 yoshli futbolchi stadionni erta tark etgani uchun bitta o'yinga tarkibdan chiqarilgan edi.
Hozir Karringtondagi bazada barchaning kayfiyati yaxshi. 22 noyabr kuni klub portugaliyalik bilan shartnomani buzgani haqida e'lon qilgandi.



