Ronaldu “Kalyari”ga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2020, 20:20
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Krishtianu Ronaldu “Yuventus” bilan Sardiniyaga uchmaydi va A Seriya 37-turi doirasida “Kalyari”ga qarshi o'tadigan bahsda ishtirok etmaydi.

Turinliklar Skudettoni qo'lga kiritganidan keyin, Mauricio Sarri Ronalduni Chempionlar Ligasining bo'lajak uchrashuvlarigacha asramoqchi va unga dam berishga qaror qildi. Demak, katta ehtimol bilan portugaliyalik yulduz “Roma” bilan o'tadigan so'nggi turni ham o'tkazib yuboradi.

“Kalyari” - “Yuventus” bellashuvi esa Toshkent vaqti bilan 30 iyulga o'tar kechasi, soat 00:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport