

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al Shabab"ga qarshi o'yinda muxlislar tomonga qarab bajargan nojo'ya harakati bo'yicha izoh berdi. Futbolchining fikricha, bu normal holat deya baholanishi kerak.
"Men barcha klublarni hurmat qilaman. O'sha kadrdagi harakatlar esa kuch va g'alabani aks ettiradi. Men uyatli hech narsa qilmadim. Yevropada bunga o'rganib qolganmiz", -deydi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 21-turidan o'rin olgan Ash Shabab bilan o'yinda (3:2) Ronaldu Messi! deb hayqirgan raqib muxlislariga noo'rin ishora qilgan edi.
Ma'lumot uchun, bunday holat Ronaldu bilan Saudiya Arabistonida birinchi marta sobir bo'lmayapti. O'tgan yilning aprel oyida u "Al Hilol"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng shohsupaga chiqayotib, muxlislarga odobsiz ishora qilgandi. Shu oy boshida esa Krishtianu tribunadan o'ziga tashlangan "Al Hilol" sharfini olib, shortisiga solib, so'ng tribunaga tashladi. O'shanda ham muxlislar Messi! deb baqirishgandi.




