Ronaldu jahonning eng semiz odamiga operaciyadan oldin o'z futbolkasini sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2015, 11:41
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahonning eng semiz kishisiga o'z futbolkasini sovg'a qildi.

37 yoshli meksikalik Andres Morenoning vazni 435 kg va u jahonning eng semiz kishisi hisoblanadi. Meksikalikning operaciyasidan oldin Ronaldu o'z imzosi tushirilgan futbolkani unga sovg'a qildi. Jarrohlik amaliyoti yordamida Andres Moreno vazn tashlashga va hayotini engillashtirishga umid bildirmoqda.

Moreno tug'ilganidan beri ortiqcha vazndan azob chekadi, bunga moddalarning noto'g'ri almashinuvi sabab qilib ko'rsatilmoqda. U tanovul qilgan ovqatning ko'p qismi yog'ga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport