Ronaldu: "Fergyuson jahli chiqqanida kiyinish xonasidagi xohlagan narsasini tepar edi"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2015, 11:10
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi xotiralari haqida so'zlab berdi.

"Biz bir nimani noto'g'ri qilganimizda yoki mag'lub bo'lganimizda u stul, butsa, suv to'la idish, to'g'ri kelib qolgan narsani tepardi. Keyin esa quyidagi so'zlarni aytar edi: "Jin ursin, sen to'pni oshirishing lozim edi". Bularni unutib bo'lmaydi, ammo shu tarzda futbolni o'rganganmiz" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com