Ronaldu almashtirilayotganda Zidanni haqoratli so'zlar bilan "siylagan"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2016, 11:28
"Las-Palmas"ga qarshi bahsda Zinedin Zidanning "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni zaxiraga olishi, portugaliyalikka yoqmadi.

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, Ronaldu esa 72-daqiqada almashtirildi. Zaxiraga olingan Krishtianu g'azabini yashira olmadi va Zidanning onasini eslab, murabbiyni haqorat qildi. Fransiyalik mutaxassisning yordamchilari bungacha futbolchini tinchlantirishga urinishdi.

Uchrashuvdan so'ng Zidan Ronalduni o'zgartirishiga izoh berdi va portugaliyalikka dam olish uchun vaqt berib turish kerakligini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cuatro