

“Ronaldinyo haqiqatan ham Rossiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan “Axmat”- “Amkar” uchrashuviga tashrif buyuradi. U faxriy mehmon sifatida uchrashuvni tribunadan kuzatadi.
Uning ishtirokida qandaydir master-klas rejalashtirilganmi? Yo'q. Ammo u matbuot anjumanida qatnashadi. Mavsumning ilk uchrashuvida shuningdek, bayram dasturi o'tkaziladi va unda Rossiya estradasi yulduzlari ishtirok etadi”, deydi Fedoseev.
Rossiya chemapionatining ilk turini “Axmat” klubi 16 iyulda “Amkar”ga qarshi o'tkazadi.



