Ronaldinyo Fluminense bilan shartnomani bekor qildi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2015, 11:19
Fluminense hujumchi Ronaldinyo bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi, deb xabar bermoqda Rio-de-Janeyro klubi rasmiy sayti. Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi iyul oyi o'rtalarida Fluminense bilan 2016 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgandi. Bu mavsumda Braziliya chempionatida u 7ta o'yin o'tkazdi.

Oldinroq Ronaldinyo Turkiyaning Antalyaspor klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru