

30 avgust kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida Ramosga sovrin topshirildi. Chempionlar ligasining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida e'lon qilingan xabar ostiga Lovren xafsalasi pir bo'lganini anglatuvchi "feyspalm" emodzisini tushirdi.

Ushbu sovringa Ramosdan tashqari Marselo va Rafael Varan da'vogarlik qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.



