"Roma"ning ikki futbolchisi Mourinyu rejalariga kirmayapti

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 18:40
Rimliklar futbolchilarni sotib yuborishadi.

"Roma" himoyachilari Matias Vinya va Rojer Ibanes bosh murabbiy Joze Mourinyuning rejalariga kirmaydi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Vinya o'tgan mavsum "Bornmut"da ijarada o'ynagan edi. Ibanes "Roma"da boshlang'ich tarkibda edi.

Rimliklar ikki futbolchini ham sotishmoqchi. Klub bosh direktori Joau Pintu allaqachon bu yo'nalishda ishlamoqda.

Avvalroq "Roma" Verrattini ijaraga olmoqchi ekani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira