Roman Pavlyuchenko yo'lda mushtlashmoqchi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2016, 10:26
"Ural" hujumchisi Roman Pavlyuchenko mashinada ketayotib, boshqa haydovchi bilan mushtlashmoqchi bo'ldi.

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, Pavlyuchenkoga tegishli Porsche Panamera Golf rusumiga o'xshash mashina yo'lini kesib o'tgan. Bundan so'ng Panamera o'rta qatorga o'tdi. Keyinroq u qo'shni qatordagi VAZ egasi bilan kelisha olmay qolishdi.

Natijada haydovchilar mashinalarini chetroqqa olib, mushtlashishga tayyorlanishdi, ammo atrofdagilar ularni ajratib qolishdi. Bundan "Ural" rahbariyati xabardor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru