"Roma" Zaniolo o'rniga "Chelsi" futbolchisini olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2023, 16:45
"Roma" "Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Zieshga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi 29 yoshli futbolchining agenti bilan bog'langan. Agar Nikolo Zaniolo "bo'rilar" safini qishda tark etsa Ziesh transferi sodir bo'lishi mumkin.

Rim klubi hozircha Zaniolo borasida kelishuvga erishgani yo'q, unga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda, biroq "shporlar" taklif qilgan pul "Roma"ni qoniqtirmayapti.

Bundan tashqari, Zieshni "Roma"ga taklif qilish qiyin kechishi mumkin, chunki futbolchi London klubida katta maosh oladi. Uning "Chelsi"dagi yillik maoshi 6,5 mln. evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com