"Roma" Under uchun yangi jamoa izlamoqda

7 yanv 2020, 22:23
"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Roma" yarim himoyachisi Chengiz Under qishki transfer mavsumida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Rim klubi rahbariyati futbolchining agentlaridan yangi jamoa topishni iltimos qilgan. Underning o'rniga "Inter" yarim himoyachisi Matteo Politano olib kelinishi rejalashtirilgan. Avvalroq Turkiya terma jamoasi a'zosiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Under A Seriyaning joriy mavsumida 7 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport