"Everton" turkiyalik futbolchiga da'vogarlik qiladi

10 apr 2020, 01:10
"Football Italia" xabariiga ko'ra, Rimning "Roma" klubi vingeri Chengiz Under yozda jamoani tark etadi.

Futbolchi uchun "Sevilya" va "Everton" klublari o'zaro kurashishi taxmin qilinmoqda. Rimliklar rahbariyati 22 yoshli turkiyalik futbolchini 30 mln evroga baholaydi.

Eslatib o'tamiz, Under "bo'rilar" tarkibiga 2017 yilda "Istanbul Bashakshexir"dan kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia