

“Bo'rilar” 27 yoshli forvardning transferi uchun 13-14 mln evro xohlashmoqda. Uning Transfermarkt bo'yicha narxi esa 7 mln evroni tashkil qiladi. Shuningdek, rimliklar Eldorni boshqa jamoa futbolchisiga almashtirishga ham rozi.
O'zbekiston MTJ sardori “Roma”da qatorasiga 6 rasmiy o'yindan beri maydonga tushirilmayapti. Avvalroq, unga “Torino” jiddiy qiziqayotgandi. Ammo turinliklar futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi va bu “bo'rilar”ni qanoatlantirmaydi.
Oldinroq, Shomurodovga "Kremoneze", "Speciya", "Lill", "Valyadolid" hamda “Bayer” ham qiziqayotgandi.



