"Roma" Jeko bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 13:47
"Roma" rahbariyati hujumchi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Manbada aytilishicha,  rimliklar 34 yoshli futbolchiga 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

Oldinroq Jeko "Roma"dan ketishga va "Yuventus"ga o'tishga yaqin bo'lgandi, biroq yakunda u Rimda qoldi.

Ushbu mavsumda Jeko A Seriyaning 2 o'yinida qatnashdi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal