"Roma" futbolchilari qaqshatqich mag'lubiyatdan so'ng muxlislaridan kechirim so'rashdi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021, 00:40
"Roma" Konferenciyalar ligasi doirasida safarda "Bude-Glimt"ga yutqazdi (1:6).

Rim klubi futbolchilari o'yindan so'ng jamoani qo'llab-quvvatlash uchun Norvegiyaga kelgan muxlislardan uzr so'rashdi. 

Tribunalarda 400 ga yaqin "bo'rilar" muxlisi bor edi. O'yindan keyin ularning jahli chiqib, jamoani haqorat qilishdi. 

"Roma" futbolchilari jamoa sardori Lorenco Pellegrini bilan birgalikda  kechirim so'rash uchun klub muxlislari o'tirgan tribunaga borishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia