"Roma" 1 futbolchi sotib olib, ikki nafarini sotib yubordi

Mirjalol Normatov
1 sen 2022, 00:12
"Roma" matbuot xizmati "Olimpiakos" yarim himoyachisi Madi Kamaraning sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olinganini ma'lum qildi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, A Seriya klubi futbolchining ijarasi uchun 1,5 mln evro, transferi uchun esa 11,5 mln evro to'laydi. Gvineyalik futbolchi yangi klubida yiliga 1,2 million evro, sotib olinganidan keyin esa 1,7 mln evro maosh oladi.

Shuningdek, "Roma" futbolchisi Amadu Diavara "Anderlext"ga o'tdi. Uning transferidan klub 3 mln evro ishlab oldi, shuningdek, uning keyingi sotuvidan 50 foiz mablag'ni qo'lga kiritish huquqini saqlab qoldi.

Undan tashqari, "Roma" himoyachisi Rikkardo Kalafori "Bazel"ga transfer qilindi. "Roma"ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi uchun Shveytsariya klubi 1,5 million evro to'laydi, shuningdek, uning keyingi sotuvidan 40 foiz mablag'ni o'tkazib beradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal