Roberto Karlos: "Jezus "Siti" uchun muhim futbolchiga aylanishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2017, 18:14
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlosning fikricha, "Manchester Siti" yangi futbolchisi Gabriel Jezus "shaharliklar"ga foyda keltiradi.

"Gabriel "Manchester Siti" uchun muhim futbolchiga aylanadi, ammo ko'nikish uchun unga vaqt kerak. Men odamlardan unga bosim o'tkazmasliklarini so'ragan bo'lardim. "Tottenxem"ga qarshi bahsda u 15 daqiqa ichida nimaga qodirligini ko'rsatib qo'ydi. Unda fantastik tezlik bor. Ammo yosh futbolchi yangi mamlakatga ko'nikishi kerak" - deydi Karlos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports