Robben 2017 yilda boshqa maydonga tushmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 dek 2017, 11:26
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes birinchi davra oxirigacha yarim himoyachi Aren Robbenni maydonga tushira olmasligi mumkin.

Nemis grandi ustozi bu haqda PSJga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvidan so'ng aytdi.

"Robbenda jiddiy jarohat yo'q. Uning qachon safga qaytishi haqida taxmin qilib bo'lmaydi"- deydi Xaynkes.

"Bavariya" 3ta uchrashuvdan so'ng Bundesliganing birinchi davra o'yinlarini yakunlaydi: "Ayntraxt" (9 dekabr), "Kyoln" (13 dekabr), "Shtutgart (16 dekabr). Bundan tashqari, 20 dekabr kuni myunxenliklar Germaniya Kubogi 1/8 fnali doirasida Dortmundning "Borussiya"si bilan kuch sinashishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal