Ristanovichning ham G'ofurovga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda

18 noya 2013, 16:02
Serbiya premer ligasi ishtirokichisi bo'lgan Ivanicaning “Yavor” klubida hamyurtimiz Husniddin G'ofurov faoliyat olib bormoqda.

Ushbu jamoaning bu yilgi natijalari maqtagulik darajada bo'lmayotgani tufayli, yaqinda rahbariyat bosh murabbiy  Bogicha Bogichevichni iste'foga chiqargandi.


Shundan so'ng boshqaruv postiga kelgan boshqa bir mahalliy murabbiy, Predrag Ristanovich ijobiy tomonga o'zgarish qilish uchun bor bilim va mahoratini ishga solmoqda.


Quvonarlisi Ristanovichning ham G'ofurovga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda. Nega deganda, jamoaning oxirgi o'yinlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Husniddinni boshlang'ich tarkibdan joy olayotganini ko'rish mumkin.


Bundan ko'rinib turibdiki, “NBU-Osiyo”ning sobiq hujumchisi yangi murabbiyning ham ishonchini oqlamoqda.

Eslatib o'tamiz, “Yavor” ayni paytda turnir jadvalida 12-o'rinni band etib turibdi.

Manba: championat.asia