

Bu haqda jurnalist Mark Duglas xabar bermoqda. 25 yoshli braziliyalik uchun uch London klubi da'vogarlik qilmoqda: "Tottenxem", "Chelsi" va "Arsenal".
Risharlison "Everton"ga 2018 yilning iyulida "Uotford"dan 39,2 million evro evaziga o'tgandi.
Futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



