Riberi dekabrda qilingan operaciyadan keyin safga qaytdi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 10:30
"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi koronavirusga qarshi salbiy natija topshirdi va u mashg'ulotga qaytishga tayyor turibdi.

Futbolchi dekabr oyida to'pig'idan jarohat olib, safdan chiqqandi. Shu boisdan uni operaciya qilishgandi.

37 yoshli francuz Myunxendan Florenciyaga qaytgani sababli 14 kunlik karantin muddatini o'tadi va yaqin kunlarda mashg'ulotlarni boshlaydi.

So'nggi bora u 30 noyabr kuni maydonda ko'rinish bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport