Reyna o'zini "Barselona"ga taklif qilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etdi
Aslanov Jasurbek
17 avg 2016, 12:19
"Napoli" posboni Pepe Reyna o'zini "Barselona"ga taklif qilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etdi.
"Jin ursin! Men o'zimni hech kimga taklif qilmaganman. Aldashni bas qiling. Doimo "olg'a, Napoli" deyman! Endi yakshanbadagi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz" - deydi futbolchi.