Reshford PSJga qarshi o'yinda qatnasha olishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 mar 2019, 18:18
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford YCHLning 1/8 finali doirasida PSJga qarshi o'yinda qatnashish uchun Fransiyaga jo'nab ketdi.

Ushbu o'yin uchun qaydnomadan Aleksis Sanches, Antoni Marsyal, Ander Errera, Xuan Mata, Jessi Lingard va Nemanya Matich kabi futbolchilar jarohati bois o'rin olishmagan. Undan tashqari, "Old Trafford"da qizil kartochka olgan Pol Pogba ham Manchestyerda qolgan.

PSJ - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 6 mart kuni soat 01:00da start oladi. Dastlabki bahsda parijliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd