Reshford La Liga grandi safiga o'tishi mumkin?!

Alisher Ostonov
8 may 2025, 22:37
Hujumchi Markus Reshfordning vakillari hujumchi uchun yangi variantlar izlamoqda.

Hujumchi Ispaniyaga yo'l olishi mumkin. Futbolchiga "Barselona" qiziqmoqda.

Avvalroq, Reshford "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishni orzu qilgandi. Kataloniya klubi ham hujumchini o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, futbolchining huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli. Bu mavsumda Markus "Aston Villa"ga ijaraga berildi. Reshford o'yin amaliyoti yetishmasligi sababli klubini o'zgartirishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: mundodeportivo.com