Reshford Yevropa Ligasida, "Benfika" futbolchisi esa YCHLda hafta o'yinchisi bo'ldi

Administrator
17 fev 2023, 22:57
Ushbu hafta evrokuboklarning pley-off bosqichlari o'tkazildi.

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta o'yinchi deb "Benfika" futbolchisi Fredrik Eursnes topildi. Futbolchi "Bryugge"ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatgandi. 

Yevropa Ligasida esa "Barselona" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi qahramonlaridan biri Markus Reshford hafta o'yinchisi deb topildi. Reshford "Barsa" darvozasiga bitta gol urgandi. Shu bilan birga uning harakatlari bilan avtogol sodir bo'lgandi.

Yevropa Konferenciyalar Ligasida esa hafta futbolchisi Anxel Garsiya (AEK) deb topildi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com