

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta o'yinchi deb "Benfika" futbolchisi Fredrik Eursnes topildi. Futbolchi "Bryugge"ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatgandi.
Yevropa Ligasida esa "Barselona" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi qahramonlaridan biri Markus Reshford hafta o'yinchisi deb topildi. Reshford "Barsa" darvozasiga bitta gol urgandi. Shu bilan birga uning harakatlari bilan avtogol sodir bo'lgandi.
Yevropa Konferenciyalar Ligasida esa hafta futbolchisi Anxel Garsiya (AEK) deb topildi.



