

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Fransiya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2022 finalidan oldin fikrlarini bildirib o'tdi.
47 yoshli murabbiy fransiyaliklarning chempion bo'lishini istardi.
"Mbappe – yangi Pele, u o'z raqamlari ortidan quvmoqda. U 2022 yilgi Jahon chempionatida g'alaba qozonishini istardim. Umid qilamanki, unga ortiqcha bosim bo'lmaydi.
Bu muvozanatli final bo'ladi. Argentina ishonchli harakat qilyapti, ularda eng zo'r Messi bor. Fransiya yaxshi himoyalanadi, to'psiz o'ynashga rozi bo'ladi va juda tez o'yinchilarga ega. Menimcha, imkoniyatlar 50 ga 50.
Fransiya tarixiy dublga erisha oladi. Ularning dunyodagi eng zo'r ekanliklarini tushunish uchun ularning so'nggi 20 yil ichida qilgan ishlariga qarash kifoya. Men ham bundan faxrlanaman, chunki men Fransiyada tug'ilganman va francuz maktabi mevasiman. Ularni ko'p tanqid qilishadi, biroq ularning futbolchilari terma jamoa kabi dunyoning eng zo'rlaridir", – dedi Regragi.
Regragi Parijdan 28 km uzoqlikda joylashgan Korbey-Esonn shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida "Tuluza", "Ayachcho", "Rasing", "Grenobl" va "Dijon" klublarini boshqargan.
Argentina va Fransiya o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



