"Real"ning mag'lubiyatsiz seriyasi qancha davom etdi?

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2021, 09:33
"Real" kecha Ispaniya Superkubogi doirasida kechgan uchrashuvda "Atletik"ka 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Zidan boshchiligidagi jamoa 9 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyani tugatdi. Madridliklar so'nggi marotaba 1 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi kechgan bahsda imkoniyatni boy berib qo'yishgandi (0:2). Shundan so'ng jamoa ketma-ket 9 ta o'yinda yutqazmadi. 

"Real" endi navbatdagi o'yinini 21 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida "Alkoyano"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta