"Real"ning ikki futbolchisi APLga ko'chib o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
11 noya 2022, 09:28
Angliyaning "Vulverxempton" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida "Real"ning ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Gap hujumchi Mariano Dias va himoyachi Nacho Fernandes haqida ketmoqda. 

Ma'lum bo'lishicha, 2023 yilda ularning "Real" bilan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi. Shu sababli futbolchilar yanvar oyida boshqa jamoalar bilan muzokaralar o'tkazishlari mumkin bo'ladi. O'z navbatida madridliklar ham ushbu futbolchilarni qo'yib yuborishga qarshi emaslar. 

Ushbu qiziqish "Vulverxempton"ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan bog'liq. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: A Bola