“Real”ning asosiy futbolchilaridan biri koronavirusdan tuzaldi

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020, 19:40
Madridliklar yarim himoyachisi Kazemiro bugun mashg'ulotlarga qaytdi, deya xabar beradi Marca.

U koronavirus bilan kasallangani tufayli 11 kun davomida karantinda bo'ldi. Endi esa u La Liga doirasida 21 noyabrda o'tadigan “Vilyarreal”ga qarshi bahsda o'z jamoasiga yordam berishi kutilmoqda.

Braziliyalik joriy mavsum klub safida 10 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca