"Real"ni boshqarishi mumkin bo'lgan kvartet ma'lum

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 18:15
So'nggi paytlarda omadsizliklar girdobiga tushib qolgan Madridning "Real" klubi YCHLdagi qoniqarsiz natijadan so'ng, bosh murabbiy Santyago Solarini iste'foga chiqarishga yaqin turibdi.

Biroq, argentinalik mutaxassis lavozimini yaqin kunlarda tark etadimi yoki mavsum oxirida hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

"Qirollik klubi"ni boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar kvartetidan esa – Massimiliano Allegri, Maurisio Pochettino, Joze Mourinyo hamda Zayniddin Zidan joy olgan. Allegri hozirda "Yuventus"da boshqaruvida bo'lsa, Pochettino "Tottenxem" murabbiyi hisoblanadi. Qayd etish joizki, Mourinyo (2010-2013) va Zidan (2016-2018) madridliklar jamoasini boshqargan. 

Avvalroq, Solari "Real"dan ketish niyati yo'qligini bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo