Zidan Azar va Beyl tandemi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
28 apr 2019, 00:30
Real bosh murabbiyi Zayniddin Zidan LaLiganing 35-turidan o'rin olgan Rayo Valekanoga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz bo'lajak bahsni Benzemasiz o'tkazamiz. Biroq, bu bizning g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qilmaydi. Vinisiusning ham biroz jarohari bor. U to'liq tuzalib safga qaytishi uchun yana bir hafta kerak bo'ladi. Yangi mavsumda kimlar menga kerakligini aniqlab oldim. Beyl? U Real futbolchisi. Keyin nima bo'lishini esa mavsum oxirida ko'ramiz. Agar Eden Azar Realga kelib qo'shilsa, Beyl u birga o'ynay olmasligi haqida gapirishmoqda. Lekin bu bo'lmagan gap. Vaqtida meni ham Yuri Jorkaeff bilan tandem hosil qila olmasligim haqida aytishgandi. Ikki yaxshi futbolchi bir-biri bilan tez til topishib keta oladi. Hozir, klubni kim tark etishi yoki qolishi haqida gapirmoqchi emasman. Shuni ma'lum qilamanki, Realda o'ynash ko'p futbolchilarning orzusi hisoblanadi” - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca