"Real"ni boshqarishi kutilgan murabbiylardan biri Shotlandiyada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
3 iyun 2018, 11:23
"Real"ning yoshlar tarkibi bosh murabbiyi Guti faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishi mumkin.

“BBC” xabariga ko'ra, 41 yoshli ispaniyalik mutaxassis Shotlandiyaning Chempionshipida qatnashayotgan "Sent-Mirren" klubidan taklif olgan. Ayni damda jamoalar muzokaralar olib borishmoqda.

Oldinroq Guti "Real"ning asosiy tarkibi bosh murabbiyi bo'lish uchun nomzodlardan biri bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC