"Real"ga gol urgan Paccini: "Bunday debyut - har bir futbolchining orzusi"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2018, 13:32
"Levante" hujumchisi Jampaolo Paccini ispan jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Qishki transfer oynasida "Verona"dan ijaraga olingan 33 yoshli forvard "Real"ga qarshi LaLiganing 22-tur uchrashuvida (2:2) gol urib, o'z jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.

"Bunday debyut - har qanday futbolchining orzusi, men va jamoa uchun fantastik kecha. "Real"ga qarshi bahsda maydonga tushib, gol urish... Hammasi hayratlanarli bo'ldi. Muxlislarni baxtli ko'rish juda yoqimli" - deydi Paccini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BeIN Sports