"Real" yozda Zidanni iste'foga chiqarib, uning o'rniga Pochettinoni taklif qilmoqchi

Alisher
4 mar 2020, 14:57
Madridning "Real" jamoasida yozda bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.

Zinedin Zidanning o'rniga bosh da'vogar sifatida Maurisio Pochettino ko'rilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Zidanning ketishi mumkinligiga bosh sabab sifatida "Real"ning Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida "Siti" (1:2)dan mag'lubiyatga uchragani ko'rsatilmoqda. Shuningdek, echinish xonasida ham futbolchilar o'rtasidagi munosabat yaxshi emas.

Bundan tashqari, Zinedin Zidan klub prezidenti Florentino Peres bilan kelisha olmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Independent