"Real" yarim himoyachisi yana jarohat oldi

Alisher
20 avg 2019, 18:16
"Real" o'yinchisi Braim Dias yana jarohat oldi.

Dias o'tgan haftadan boshlab umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qo'shilgan edi, ammo u yana jarohat oldi. Istedodli yarim himoya yana son mushaklarini shikastlab oldi.

Futbolchi to'liq jarohatidan forig' bo'lishi uchun 3 hafta kerak bo'ladi.

20 yoshli "Malaga" tarbiyalanuvchisi "Real" shu yilning yanvar oyida "Manchester Siti"dan 17 million evro evaziga o'tgan edi.

Braim Dias "qirollik klubi" tarkibida 11ta o'yinga maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca