

Braziliyalik xavbek qishda ijaraga berib yuborilishi mumkin. Futbolchi YCHL doirasidagi PSJga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilmadi. Vinisius qatorasiga ikkinchi marta "Qirollik klubi" o'yiniga jalb qilinmayapti.
19 yoshli braziliyalikni ijaraga olish uchun "Valyadolid" asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, "Valyadolid" klubi prezidenti Ronaldo o'tgan yozda Vinisiusni xarid qilishga urinib ko'rgandi.


