“Real” va “Barsa” sobiq a'zosi: “Ronaldu hamda Maradona juda yaxshi o'yinchilar, ammo Messi eng zo'ri”

Eldor Akmurzayev
19 may 2020, 19:30
“Kayserispor” ustozi Robert Prosinechki tarixdagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligi haqda fikr bildirdi.

Prosinechki “Real” hamda “Barselona”da o'ynagan kam sonli o'yinchilardan biri hisoblanadi.

“Men uchun Messi tarixdagi eng yaxshisi. U ko'p yillardan beri “Barselona”ning yuqori mavqeini saqlab kelmoqda. U yutish mumkin bo'lgan barcha narsani qo'lga kiritdi, ko'plab gollar urdi, ko'plab paslarni berdi, yana u qanchalik foyda olib kelishi haqida gapirmadim. Kimdir Maradonani eng yaxshi deydi, kimdir esa Ronalduni – ular juda ajoyib futbolchilar, lekin men uchun Messi eng zo'ri”, deya so'zlarini yakunlagan xorvatiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru