"Real" TV Vaskesning bekor qilingan goli haqida: "Sharmandalik!"

Aslanov Jasurbek
26 fev 2024, 20:45
"Real"nig TV kanalida "Sevilya"ga qarshi bahsdagi hakamlik tanqid qilindi.

Madrid klubi 26-tur o'yinida 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yinni Isidro Dias de Mera boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqardi. Ikkinchi bo'limda jarohat olgan bosh hakam o'rniga to'rtinchi hakam Karlos Fernandes Buergo maydonga tushdi.

"Real" TVdagilar birinchi bo'limda Lukas Vaskes urgan golni bekor qilinganini tanqid qilishdi. Hakamlar o'sha vaziyatda Nacho Fernandes Yussuy En Nesiriga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topishdi.

"Fol yo'q edi, hamma ko'rdi. Bu dahshatli. Sharmandalik! "Sevilya"ga qarshi bahsda shunday hakamlik guvohi bo'ldik. Faqatgina bugun emas, yil bo'yi. Bu vaziyatda umuman kontakt yo'q edi.

Hakamlarning xatolari 2020/21 mavsumda "Real"ni chempionlikda ayirgan. Bugun birinchi 10 daqiqalikdagi xatolar birinchi bo'limda g'alaba qozonishimizga imkon bermadi" - dedi boshlovchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca