

“Qirollik klubi” 18ta o'yindan so'ng 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Bu bilan Zinedin Zidan shogirdlari peshqadam “Barselona”dan 16 ochkoga ortda qolishyapti.
Ushbu ko'rsatkich “Real” tarixidagi so'nggi 12 yildagi eng yomon natija bo'lib turibdi. Madridliklar 2005/06-yilgi mavsumda 18-turdan so'ng 30 ochko to'plagandi. O'sha yilgi chempionatda “Barselona” “Real”ni 12 ochkoga ortda qoldirgan holda Ispaniya chempioni bo'lgan edi.




