"Real" sobiq futbolchisi endi Masharipov va Ashurmatov bilan bir jamoada o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025, 17:48
Eronning "Istiqlol" klubi "Real" sobiq darvozaboni bilan shartnoma imzoladi.

Gap 2009 yildan 2013 yilgacha "Qirollik klubi" darvozasini qo'riqlagan Antonio Adan haqida ketmoqda.

Adan hamda "Istiqlol" o'rtasidagi bitim 1 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Eronning "Istiqloli"da O'zbekiston terma jamoasi vakillari Jaloliddin Masharipov hamda Rustam Ashurmatovlar to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Instagram.com/esteghlal.fc.official