Real rossiyalik futbolchi tufayli Ispaniya kubogidan chiqarib yuborilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 dek 2015, 08:12
Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi bahslaridan chetlatilishi mumkin.
Gap shundaki, “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Denis Cherishev kecha tunda “Kadis”ga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushgan va xatto hisobni ochuvchi golni ham kiritgan.

Rossiya terma jamoasi a'zosi ushbu o'yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lmagan. Cherishev o'tgan yilgi kubok bahsida “Vilyarreal” tarkibida uchinchi sariq kartochkasini olgan va u avtomatik tarzda o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi. Reglamentga ko'ra, futbolchi boshqa klubga o'tgan taqdirda ham diskvalifikaciya o'z kuchida qoladi. Agar "Kadis" etiroz bilan chiqsa "Real" musobaqadan chetlatilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com