"Real" Ronalduning transfer narxini ko'tarmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2018, 14:14
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer narxini ko'tarmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, shu yilning yanvar oyida portugaliyalik futbolchi "Real"ni 100 mln. evro evaziga tark etishi haqida jentelmenlik bitimi imzolangan edi, biroq Peres Ronaldu bu narxda 15 iyungacha sotilishi kerakligini aytmoqda. Ayni damda "Real" 33 yoshli futbolchini 120-130 mln. evroga pullamoqchi.

Oldinroq, Ronaldu "Yuventus"ga o'tishga yaqinligi haqida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport