

Madridning "Real" klubi hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi, deb xabar berdi "The Athletic".
Bu borada hozirdanoq say-harakatlar amalga oshirilib, bozor o'rganilmoqda.
"Real" o'ng qanot bilan birga, markaziy hujumchi ham qidirmoqda. Karim Benzema yana bir mavsum to'p tepadi, ammo madridliklar fransiyalik futbolchining yoshi tufayli "to'qqizlik" poziciyasi qisqa muddatga yopiqligini tushunadi.


