

Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi. Ayni vaqtda, mankunianliklar fransiyalik xavbek uchun keladigan har qanday taklifni rad etishni ko'zlamoqda. Negaki, ular yozgi transfer oynasi vaqtida Pogbaning o'rnini bosuvchi futbolchi sotib olishmagan.
Oldinroq, 26 yoshli futbolchi "Real"ga o'tishdan umidvor ekani, lekin MYU rahbariyatiga buning uchun bosim qilish niyati yo'qligi haqida ma'lumot berilgandi.
APLning birinchi turida ("Chelsi" 4:0) Pogba 2 ta assist qayd etganini etirof etish kerak.



